19 Oktabr 2020 206

Buxoro viloyati ichki ishlar organlariga yangi qabul qilingan profilaktika inspektorlarining kasbiy tayyorgarlik o'quv mashg'ulotlari yakunlandi

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 22 iyuldagi 119-sonli “Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori lavozimlariga to'g'ridan-to'g'ri tanlov asosida qabul qilingan xodimlarni maxsus kasbiy tayyorlash to'g'risida”gi Farmoyishi talablariga ko'ra joriy yilning 10 avgust kunidan 10 oktyabr` kuniga qadar IIV Malaka oshirish instituti Buxoro filialida viloyat ichki ishlar organlariga yangidan qabul qilingan 141 nafar profilaktika inspektorlari ishtirokida o'quv mashg'ulotlari tashkillashtirildi.

O'quv kurslari davomida tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari mas'ulligida xodimlar bilan karantin qoidalariga rioya qilgan holda alohida jadval asosida saf tayyorgarligi mashg'ulotlari tashkil qilib borildi.

Mashg'ulotlar yakunida ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori lavozimlariga to'g'ridan-to'g'ri tanlov asosida qabul qilingan  profilaktika inspektorlarining o'quv kurslari davomida olgan bilim va ko'nikmalarini aniqlash maqsadida imtihon komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda sinovlar qabul qilindi va tinglovchilarning o'zlashtirish darajasi imtihon orqali aniqlanib, reyting jadvali tuzildi.

O'quv moduli yakunlari bilan har bir xodim tomonidan “Offline” o'quv shaklining afzalliklari, xodimlarning xizmatdan ajralmagan holda o'quv mashg'ulotlariga jalb etilganligi, ish jarayoniga xalal bermasligi uchun aniq bir vaqt belgilamasdan 1 ta mavzuni kun davomida o'zlashtirishlariga imkon yaratilganligi, shuningdek, o'z login va paroli orqali tizimdagi elektron resurslardan foydalanishga ruxsat berilganligi o'quv jarayoni uchun zamonaviy interaktiv metodlarning har tomonlama qulay ekanligi ta'kidlab o'tildi.  

Mashg'ulotlar yosh profilaktika inspektorlarining kasbiy, jangovar hamda jismoniy tayyorgarliklari, nazariy va amaliy ko'nikmalari oshganligini ko'rsatdi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага