6 Fevral 2020 1025

Buxoroda Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlariga maxsus ko'krak nishonlari topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev 24 yanvar` kuni Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida “Turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog'iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa bo'lib qoladi. Xususan, hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri joriy yilda yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga etkazishdan iborat”-deya ta'kidladi. Bu esa mazkur sohada faoliyat olib boruvchi har bir xodimning zimmasiga ulkan vazifalar yuklaydi.

Darhaqiqat, so'ngi 3 yilda yurtimizdagi barcha sohalarda bo'lgani kabi turizm sohasida ham tub islohot va o'zgarishlar amalga oshirildi.

Jumladan, islohotlar jarayonida eng avvalo ichki ishlar organlari tizimida Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalari tashkil etilganligi, ushbu xizmat sohasida faoliyat olib boruvchi xodimlar bir nechta xorijiy tillarda ravon gaplasha oladigan tajribali kadrlar bilan jamlanib, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, moddiy-texnik jihatdan zaruriy jihozlar bilan to'liq ta'minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi, viloyat hokimligi va viloyat IIBning sa'y-harakatlari natijasida bajarilgan ishlar bugun o'z samarasini berayotganini ko'rishimiz mumkin.

YAqinda, ya'ni 2019 yilning 22 noyabr` kuni Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining yangi, zamonaviy ko'rinishdagi o'ziga xos ichki dizaynga ega binosi foydalanishga topshirilgani so'zimiz isboti bo'la oladi.

5 fevral` kuni amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida IIV Xavfsiz turizmni ta'minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan yuborilgan bir qator maxsus vositalar va texnikalar tantanali ravishda o'z egalariga topshirildi.

Xususan, 6 ta noutbuk, 15 dona telefon apparatlari, 40 dona turizm logotipi aks ettirilgan ko'krak nishonlari, 4 ta planshet, shuningdek, videokamera, rangli printer va zamonaviy sensorli televizor endilikda soha xodimlarining faoliyati samaradorligini oshirish uchun xizmat qilishi tayin.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага