27 Fevral 2021 2167

Chilonzor tumanida joylashgan “Shovotlandiya-1” MChJ kafesida sodir bo'lgan yong'in sababchisi aniqlandi

Avval ma'lumot berganimizdek, Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9A-uy Guliston ko'chasida joylashgan “Shovotlandiya” kafesida yong'in sodir bo'lib, oqibatida besh nafar fuqarolarimiz vafot etgan. 
Dastlabki tezkor-tergov harakatlari, mazkur yong'in hodisasi begona shaxs tomonidan qasddan amalga oshirilganligi haqidagi dalillarni yuzaga chiqarib, darhol ushbu holat Vazirlik rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, binoga qasddan yong'in etkazgan shaxs joriy yilning 27 fevral` kuni soat 03:30larda “Matiz” rusumli avtomashinada manzilga kelib, bino devorlariga o'zi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepib, so'ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatib, yong'in sodir bo'lganidan so'ng voqea joyini yashirincha tark etgan.
Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam JKning 164-moddasi 4-qismi, 168-moddasi, 3-qismi, 127-moddasi, 3-qismi bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari Toshkent shaxar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
IIV Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага