27 Fevral 2021 823

Chilonzor tumanida joylashgan “Shovotlandiya-1” MChJ kafesida yong'in sodir bo'ldi

2021 yil 27 fevral` soat 03:51da Chilonzor tumani, “Sharq” MFY, Guliston ko'chasi 9A-uy manzilida joylashgan “Shovotlandiya-1” MChJ kafesida yong'in sodir bo'layotganligi haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong'in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 4 ta yong'in o'chirish bo'linmalari jalb etilib, birinchi bo'linmalar chaqiruv manziliga soat 03:54 da etib borgan. Soat 04:11 da yong'in qurshab olinib, soat 04:37 da to'liq bartaraf etilgan.

Yong'in oqibatida kafening tom qismi hamda ichki jihozlari 150 kv.m. maydoni yonib jiddiy zararlangan. Achinarlisi yong'in oqibatida jabrlanganlar mavjud.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, IIBB rahbariyati, prokuratura, Sog'liqni saqlash va kommunal xizmatlar mutaxassislari, IIB tezkor-tergov guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea yuzasidan vakolatli organlar tomonidan qo'shimcha ma'lumot beriladi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага