16 Noyabr 2020 97

Chortoq tumanida bo'lgan YTHda ayol jarohat oldi

2 noyabr` kuni soat 08:12 larda Chortoq tumani "Chortoq-Kalishox-Xazratishox" yo'lining 31-km.da "Moskvich-412" avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo'lni kesib o'tayotgan 57 yoshli ayolni urib yuborgan.

Natijada, piyoda dumg'aza sohasi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo'yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan 12 noyabr` kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага