12 Mart 2020 859

Davlat chegara hududida targ'ibot ishlari olib borilmoqda

Tojikiston Respublikasi – O'zbekistonning janub qismi bilan chegaradosh bo'lgan davlatlardan biri bo'lib, 2018 yilning 7 mart kuni faoliyati yo'lga qo'yilgan, Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududidagi "Gulbahor avtoulovlarni halqaro o'tkazish posti"dan Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati SHaxrituz tumani bilan chegaradosh hududi orqali yildan yilga O'zbekistonga tashrif buyurayotgan tojikistonlik va boshqa davlat fuqarolari turli maqsadlarga tashrif buyurishadi.

Tashrif buyurayotganlarning aksariyati esa sayohat, tijorat, mehmondorchilik va boshqa maqsadlarni o'z ichiga oladi.

O'tgan 2019 yilda qariyb sakkiz mingdan ziyod Tojikiston fuqarolari mana shu post orqali O'zbekistonga tashrif buyurishganligini kuzatish mumkin. Bu esa albatta davlatimizning iqtisodiy salohiyatining o'sishiga ikki davlatning do'stona munosabatlariga o'z hissasini qo'shishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan xorij fuqarolari mamlakatimizning etnik joylashuvi, urf odatlari bilan birgalikda, qonunlarini bilish hamda hurmat qilishi ham muhim hisoblanadi.

YAqinlashib kelayotgan “Navro'z” umumxalq bayramini tinch va osoyishta o'tkazish uchun hozirda viloyatimizda “Tozalash-Antiterror” tadbiri o'tkazilmoqda.

SHu maqsadda, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan yurtimizga kirib kelayotgan mehmonlarga “O'zbekistonda bo'lish qoidalari”, “O'zbekiston qonunchiligi” “O'zbekistonning sayyohlik obe'ktlari” va boshqa turdagi bir qator ma'lumotlar aks etgan, tojik va rus tillarga tarjima qilingan bukletlar tarqatilib, O'zbekistonga kirayotgan va undan chiqib ketayotgan xorijlik mehmonlar o'rtasida targ'ibot va tashviqot ishlari olib borishmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага