3 Iyun 2021 339

Er sohasidagi munosabatlarni tubdan takomillashtirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 iyun` kuni er munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

Er - umummilliy boylik. Keyingi yillarda ushbu resursdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, er munosabatlari sohasida qonuniylikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Xususan, axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali er ajratish tartibining ochiqligi va shaffofligi ortib bormoqda, sohada byurokratik to'siqlar bartaraf etilmoqda.

Biroq, er resurslarini talon-toroj qilish, o'zboshimchalik bilan egallash va noqonuniy sotish holatlari hali ham kuzatilmoqda. Noqishloq va qishloq xo'jaligi erlarini ajratish tartibi barcha uchun bir xil va shaffof emas.

Davlatimiz rahbari bu boradagi kamchiliklarni keskin tanqid qilib, erni bozor aktiviga aylantirish, uning iqtisodiy qiymatini belgilash va moliyaviy oborotga kiritish bo'yicha ishlarni jadallashtirish, er ajratish va undan foydalanish sohasida davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligini ta'kidladi.

- Bugungi kun tartibidagi masala juda murakkab. Bu sohada qonun ustuvorligini  ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar o'z ijobiy natijasini topmayapti. Er – xalqni boqayotgan mulk. Erimizga bo'lgan munosabatni mutlaqo o'zgartirishimiz kerak.

Yig'ilishda er sohasidagi qonunchilik bo'yicha mavjud ahvol va ilg'or xorijiy tajribani o'rganish asosida ishlab chiqilgan takliflar ko'rib chiqildi.

Xususan, erni xususiy sektorga mulk va ijara huquqi, davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish tartibi joriy etiladi.

Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bilan er ajratish kabi bozor iqtisodiyoti talablariga mos bo'lmagan amaliyotlar tugatish va erga bo'lgan huquq turlarini 6 tadan 3 taga qisqartirish ko'zda tutilmoqda.  

Noqishloq erlarni xususiy sektorga faqat auktsion orqali sotish tartibi kiritiladi. Noqishloq erlar O'zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga xususiy mulk qilib, xususiylashtirish mumkin bo'lmagan erlar esa ijara huquqi asosida sotiladi.

Hokim qarori bilan nodavlat sektorga er ajratish hamda erlarni to'g'ridan-to'g'ri va tekinga berish amaliyoti bekor qilinadi.

Qishloq xo'jaligi erlarini faqat ijara huquqi asosida ajratish tartibi kiritiladi. Bunday erlar fuqaro va tashkilotlarga (chet elliklardan tashqari) ochiq tanlov asosida beriladi. Ochiq tanlovga ariza qabul qilish, talabgor haqidagi ma'lumotlarni to'plash va baholash elektron shaklda amalga oshiriladi.

Viloyat va tuman hokimlarining qishloq xo'jalishi erlari toifasini o'zgartirish vakolati Vazirlar Mahkamasiga va Prezidentga o'tkaziladi.

Yig'ilishda er ajratilishi va undan foydalanilishi ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratildi.

Jumladan, tuman hokimlarining er ajratish va qaytarib olish haqida qaror qabul qilish vakolati to'liq bekor qilinadi. Viloyat hokimining er munosabatlariga doir barcha qarorlari adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan o'tkaziladi.

Shu bilan birga er sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.

Davlatimiz rahbari sohada qonun ustuvorligini ta'minlash shart ekaniga yana bir bor urg'u berib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага