4 Mart 2021 145

Farg'ona shahrida aviakassadan pul va “Wi-Fi” uskunasini o'g'irlagan shaxs aniqlandi

Farg'ona shahri. 25 fevral` kuni M.M. IIBga murojaat qilib, unda 24 fevral` kunidan 25 fevral` kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs o'ziga tegishli Yuksalish ko'chasida joylashgan aviakassaga kalit tanlash yo'li bilan g'ayriqonuniy ravishda kirib, aviakassadagi seyfdan 5.000.000 so'm pullar, narxi 1.000.000 so'mlik "Samsung" rusumli uyali telefon apparati va narxi 180 AQSh dollarlik "Wi-Fi" uskunasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni fuqaro T.b. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага