2 Mart 2021 222

Firibgarga jinoiy ish qo'zg'atildi

Jizzax shahri Mirzo Ulug'bek mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi O.G'. Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilib, o'zining firibgardan jabr chekkanligini bildirgan.

Uning ma'lum qilishicha, 2017 yilning fevralidan 2019 yilning may oyigacha bo'lgan vaqt oralig'ida Jizzax shahrining Madaniyat mahallasida yashovchi R.T. hamda Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumanida yashovchi N.R. Janubiy Koreyaga ishga jo'natishni va'da qilib, 13 million so'mi va 1.420 AQSh dollarini olgan.

Kuta-kuta Janubiy Koreyaga keta olmasligiga amin bo'lgan O.G'.ning arizasiga binoan Jinoyat kodeksining tegishli qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.  

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага