13 Noyabr 2020 168

Forishda "Neksiya" haydovchisi mast holatda yo'lga chiqib qolgan piyodani urib yubordi

Jizzax viloyati Forish tumanida yashovchi 1993 yilda tug'ilgan fuqaro S.K. o'z boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashinada Jizzax shahri "Yoshlik" mahallasida yashovchi 1977 yilda tug'ilgan fuqaro J.S.ni urib yubordi.

Tezkor surishtiruvlar natijasida J.S. onasi bilan birga Forish tumanida yashovchi qarindoshining uyiga to'yga kelgani, voqea joyidan 200-250 metr masofa uzoqlikdagi to'yxonadan chiqib, maqsadsiz qorong'i yo'lga chiqib qolganligi hamda shifokorlarning dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, jabrlanuvchi mast holatda bo'lganligi aniqlandi.

J.S. avariyadan keyin kasalxonaga olib borilib unga shifokorlar tomonidan kerakli tez tibbiy yordamlar ko'rsatilgan. Ammo shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay, jabrlanuvchi J.S. shifoxonada vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага