22 Fevral 2021 160

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha Sirdaryo viloyati idoralararo komissiyasi ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Hammamizga ma'lumki, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish eng asosiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - «Biz “Adolat – qonun ustuvorligida” degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz. Bu borada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga alohida e'tibor qaratiladi. Buning uchun avvalo, mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi va mas'uliyatini oshirish, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini ko'rishimiz darkor»- deb ta'kidlab, mazkur yo'nalishdagi vazifalar naqadar dolzarbligini ko'rsatib berdi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2017 yilning 9 fevral` kuni ichki ishlar organlari xodimlari bilan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida har haftaning payshanba kuni – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” deb e'lon qilindi.

Shu asosda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirini samarali va natijali tashkil etilishida jamoatchilik vakillari va barcha mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda o'tkazilishi to'g'risida 2017 yil 14 mart kuni "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2833-sonli qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan 4 ta idoralararo komissiya, jumladan, Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil qilindi.

Sirdaryo viloyati IIB da komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda o'tgan davr mobaynida komissiya tomonidan olib borilgan ishlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan komissiya ishchi organi rahbari tomonidan so'z bordi.

2020 yilning mart oyidan yurtimizda karantin karantin e'lon qilinganligiga qaramasdan, viloyat va uning hududiy idoralararo komissiya a'zolari tomonidan bir qator profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2020 yilning 12 oyi davomida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir jami 64 ta turli darajadagi dasturlar ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Hisobot davrida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari muntazam ravishda tahlil qilib borilib, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan 954 ta taqdimnomalar kiritildi.

Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini tashkil etish bo'yicha 2.147 marotaba tadbirlar o'tkazilib, shundan 689 tasi ilgari sudlangan shaxslar o'rtasida o'tkazilgan tadbirlarni tashkil etdi.

Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi doirasidagi o'tkazilgan profilaktik suhbatlar 17.860 tani, rasmiy ogohlantirilganlar 23.644 nafarni, profilaktik hisobga olingan shaxslar 8.867 nafarni, ma'muriy nazoratga olingan shaxslar 304 nafarni tashkil qildi.

Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi tadbirlari 231 tani tashkil qilib, tadbirlar davomida 168 nafar huquqbuzarliklardan jabrlanuvchi bo'lib qolish ehtimolida bo'lgan shaxslar ro'yxatga olinib, 63 ta huquqbuzarliklar tez-tez sodir bo'lib turadigan joylar aniqlandi.

Hisobot davrida o'tkazilgan bir qancha huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tadbirlari natijasida ijobiy ko'rsatkichlarga erishilganligiga qaramasdan, bu borada bir qator kamchiliklarga ham yo'l qo'yildi.

Jumladan, Viloyat komissiyasi tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlar shuni ko'rsatmoqdaki, hududiy komissiyalar faoliyati qaror talablari asosida tashkil qilinmaganligi, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari hamda komissiya a'zolari o'rtasida etarli hamkorlik o'rnatilmaganligi, hududiy idoralararo komissiyalar va ishchi organlar rahbarlari o'zlarining komissiya faoliyatidagi etakchilik, tashkilotchilik roliga befarq qarab kelayotganliklari oqibatida komissiya etarli darajada faoliyat olib bormayapti, shuningdek rejalashtirilayotgan tadbirlar aksariyat hollarda ichki ishlar, prokuratura, mahalla, adliya, sud, bojxona  organlari tomonidan olib borilib, komissiyaning boshqa a'zolari tomonidan sustkashlikka yo'l qo'yilayotganliklari ta'kidlanib o'tildi. Yig'ilish tanqidiy ruxda o'tdi.

Yig'ilish so'ngida komissiya a'zolari tomonidan 2021 yilning 1 yarim yilligiga asosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni hamkorlikda samarali yo'lga qo'yish lozimligi belgilab olindi.   

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha Sirdaryo viloyati idoralararo komissiyasi ishchi guruhi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага