19 Oktabr 2020 173

“Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi doirasida Buxoroda amalga oshirilgan ishlar

Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, yo'l-transport hodisalarining oldini olish, yo'l harakati qoidabuzarliklarni aniqlashga qaratilgan faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosini to'laqonli ta'minlash maqsadida, “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish”oyligini o'tkazish borasida viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Viloyatning 13 ta shahar-tumanlaridagi aholi gavjum joylarida, yirik avtoturargohlarda profilaktik suhbat va uchrashuvlar o'tkazildi. Yaratilgan sun'iy yo'l notekisliklari, avtomobil` yo'llarining yoritilganligi taftishdan o'tkazilib, eskilari ta'mirlandi va yangilari o'rnatildi.

Shofirkon tumani Savrak chorrahasida svetofor o'rnatildi. Buxoro shahridagi "Miramaks" hamda "AlterMaksLyuks" MChJga qarashli haydovchilar faoliyati tekshirilib, ularga yo'l harakati qoidalariga amal qilgan holda transport vositalarini boshqarishlari to'g'risida tushuntirishlar o'tkazildi.

Transport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish ishlari olib borildi. Aholi gavjum joylarida targ'ibot bannerlari o'rnatildi. ertalabki tig'iz-vaqt oralig'ida piyodalarning xavfsizligi ta'minlandi. Yo'llarda o'rnatilgan (Radar, PAM, piyoda) mulyajlar va mayoqcha(migalka)lar ta'mirlanib, yangilari o'rnatildi.

Ma'muriy amaliyot inspektorlari, RO'vaIOB, TRO'vaIOB tomonidan bukletlar tarqatilib qoidabuzar haydovchilardan tilxatlar olindi. Xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega yo'llardagi yo'l chiziqlari yangidan chizildi. Maktablarda yo'l harakati qoidalari yuzasidan mashg'ulotlar o'tkazildi. Piyodalar va velosiped haydovchilari o'rtasida profilaktik ogohlantiruv ishlari olib borildi.

Yo'l belgilari o'rnatildi. Yo'l-transport hodisalarini oldini olish borasida viloyat miqyosida M-37 yo'lining Vobkent, G'ijduvon, Buxoro tuman yo'nalishlarida hamda A-380 yo'lining Peshku, Romitan, Jondor tumanlari hududidan o'tuvchi yo'llarda qo'shimcha fotoradarlar faoliyati yo'lga qo'yildi. Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan bu boradagi ishlar yanada kuchaytirilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага