8 Aprel 2021 477

Ichki ishlar vazirining va Bosh prokurorning birinchi o'rinbosarlari Yangiyo'l tumanida

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 12 fevral` kuni Ichki ishlar vazirligi hay'atining kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Shuhratjon Sobirov va Bosh prokurorning birinchi o'rinbosari Bahriddin Valiev rahbarligidagi ishchi Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganmoqda.

Tashrif davomida rahbarlar viloyat IIBB boshlig'i va mas'ullar ishtirokida Yangiyo'l tumanida joylashgan viloyat IIBB 4-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va Toshkent tumanida bo'lib, “Zarbdor oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Xususan, Yangiyo'l tumandagi “Shodlik”, “Ahil” MFYda joylashgan mahalla huquq-tartibot maskanlarida profilaktika inspektorlari bilan suhbatlashdi va hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan ishlarni tanqidiy o'rganildi.

Mas'ullarga ushbu sohaga butunlay boshqacha nigoh va mas'uliyat bilan yondashish, har bir shaxs bilan individual tarzda ish olib borish hamda bu boradagi amaliy ishlarni jadallashtirish bo'yicha tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Bosh prokuratura

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага