7 Mart 2021 320

IIV JIeBB tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimalar bayrami munosib nishonlandi

"8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan IIV "Jar" sport-sog'lomlashtirish markazida Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi va uning tasarrufidagi tizim muassasalarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar uchun tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Bosh boshqarma boshlig'ining o'rinbosari polkovnik G.B.Kurambaev va IIV JIeBBning faxriysi general-mayor R.Q.Qodirovlar so'zga chiqib, ayol xodimalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Ichki ishlar vaziri tabriklarini etkazdilar va xizmat qilayotgan aziz opa-singillarimizni, faxriy ayollarimizni tabriklab, sharafli vazifani bajarishdagi fidoiyliklari uchun alohida minnatdorchilik bildirib o'tdilar.

Shundan so'ng, Ichki ishlar vazirining buyrug'iga muvofiq, tizimda ko'p yillik samarali mehnati, sog'lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo'shganligi hamda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir nechta ayol xodimalarga sovg'alar topshirildi.

“Ichki ishlar vazirligi Ashula va raqs ansambli”ning san'atkorlari tomonidan tayyorlangan bayramona kontsert dasturi ayol xodimalar uchun havola etildi.

IIV JIeBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага