27 Fevral 2021 167

Ikki yigit qarovsiz qoldirilgan avtomashinani tunab ketdi

Shu yil 25 fevral` kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1987 yilda tug'ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 24 fevral` kuniga o'tar kechasi, o'ziga tegishli bo'lgan Damas rusumli avtomashinasini Chortoq tuman markaziy shifoxonasi hovlisida eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirib ketganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashinani umumiy narxi 400.000 so'mlik 4 dona g'ildirak kalpaklari va narxi 900.000 so'mlik “Pioner” rusumli magnitafonini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Chortoq tuman IIB HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug'ilgan fuqaro va 1999 yilda tug'ilgan mahalladoshi tomonidan sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo'yicha Churtoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O'z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага