3 May 2021 357

Mingbuloq tumanida devor bilan o'ralmagan xonadondagi qora mol o'g'irlab ketildi

Joriy yil 28 aprel` kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi 1995 y.t. fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 mart kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs, yashash hovlisi devor bilan o'ralmaganligidan foydalanib, molxonasida bo'lgan narxi 2.100.000 so'mlik bir bosh molini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni To'raqo'rg'on tumanida yashovchi 1986 y.t. fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan. 

Ushbu holat bo'yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага