1 Mart 2021 159

Mirzo-Ulug'bek tumani tergov bo'limi tomonidan firibgarlik fakti bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi

Mirzo-Ulug'bek tumani ichki ishlar organlariga 36 yoshli Jamoliddin M. ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 5 sentyabr` kuni 29 yoshli Alisher X. 12.000 AQSh dollari evaziga ikki oy ichida mebel` garniturini tayyorlab berishini va'da qilganini ma'lum qildi. Oldindan 7.000 AQSh dollarini olgan Alisher va'dasida turmasdan, pullarni o'z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

 

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага