12 Noyabr 2020 100

Namangan shahri va Pop tumanida YTH sodir bo'ldi

2020 yil 31 oktyabr` kuni soat 07:30 larda, Marg'ilon ko'chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug'ilgan fuqaro VAZ-2101 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo'lni kesib o'tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 4-sinf o'quvchisi, 2010 yilda tug'ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda chap boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo'yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 noyabr` kuni O'z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

2020 yil 1 noyabr` kuni soat 13:05 larda, Chodak Guliston yo'lining 18 km.da, Xonobod MFY hududida, Toshkent viloyatida yashovchi, 1984 yilda tug'ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo'lni o'ng chetida to'xtab turgan, Pop tumanida yashovchi, 2002 yilda tug'ilgan fuqaroni Labo rusumli avtomashinasini orqa tomoniga urilgan.

Natijada, Labo rusumli avtomashina haydovchisi o'ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo'yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 noyabr` kuni O'z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

2020 yil 2 noyabr` kuni soat 18:40 larda, Toshkent-O'sh yo'lining 233 km.da, Qo'shminor MFY hududida, Farg'ona viloyatida yashovchi, 1986 yilda tug'ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo'lni kesib o'tayotgan piyoda, Andijon viloyatida yashovchi, 2003 yilda tug'ilgan ayolni urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo'yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 noyabr` kuni O'z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага