16 Yanvar 2021 203

Namanganda jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari o'g'rini fosh etdi

Joriy yilning 12 yanvar` kuni Namangan tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib,unda shu kunga o'tar kechasi noma'lum shaxs Namangan shahrida joylashgan oshxonaning erto'lasida joylashgan komp`yuter tuzatish ustaxonasi eshigini buzib kirib, ustaxonada bo'lgan umumiy narxi 12.000.000 so'mlik 1 dona "Artel" rusumli televizor, 1 dona "Aser" rusumli noutbuk, 3 dona komp`yuterlar xotirasi va 3 dona fleshkasini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili hamda 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan shaxs sodir etgani aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo'yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага