22 Fevral 2021 92

Navoiy viloyat IIB tashabbusi bilan viloyat Yuridik texnikumida "Odam savdosi-davr muammosi" mavzusida tadbir tashkil etildi

"Odam savdosi-davr muammosi" mavzusidagi navbatdagi tadbir Navoiy viloyati Yuridik texnikumida bo'lib o'tdi. Unda texnikum o'qituvchi va o'quvchilari hamda A.Qodiriy nomidagi axborot resurs markazi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 avgustda qabul qilingan O'RQ-633 sonli Qonunining mazmun mohiyati, odam savdosi jinoyatining turlari hamda kelib chiqish sabablari, ushbu yo'nalishda tashkil etilgan hududiy komissiya faoliyati yuzasidan tushunchalar berildi. Bundan tashqari ogohlikka da'vat etuvchi videorolik hamda bukletlar ishtirokchilar diqqatiga etkazildi.

"Ushbu o'tkazilgan tadbir davomida o'quvchi-yoshlar odam savdosi jinoyati bo'yicha tushunchalarga ega bo'lishdi.", - deydi, Navoiy viloyati IIB TvaeKKB katta tezkor vakili, katta leytenant J.Bekpo'latov. Shuningdek, mavzu doirasida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etishdi. Bu kabi tadbirlarni kelgusida barcha o'quv muassasalarida bosqichma-bosqich tashkillashtiramiz.

Tadbir yakunida bu kabi tadbirlarni doimiy o'tkazish bo'yicha istiqbolli rejalar belgilanib olindi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага