27 Noyabr 2020 144

Navoiy viloyatida simyog'ochga urilgan avtomashina haydovchi halokatiga sabab bo'ldi

1993 yilda tug'ilgan, Karmana tumani, “Ziyokor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro J.T. 2020 yilning 19 noyabr` kuni Navoiy shahri “Nizomiy” chorrahasida “Turonbank” yo'nalishi bo'yicha o'zining “Heksiya” rusumli avtomashinada harakatlanib ketayotgan vaqtda, boshqaruvni yo'qotib qo'ygan hamda yo'l chetidagi simyog'ochga urilishi natijasida yo'l-transport hodisasi sodir etilgan. Haydovchi esa og'ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Hodisa sabablari o'rganilganda, holat joyida yo'l belgilari va yo'l chiziqlari mavjud ekanligiga qaramasdan, jabrlanuvchi yo'l harakati qoidalariga rioya qilmaganligi bois, tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo'qotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati IIB YHXB Matbuot guruhi

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага