8 Mart 2021 263

Navoiy viloyati IIB rahbariyati tashabbusi bilan "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan tantanali bayram dasturi tashkil etildi.

Tadbirda viloyat IIB rahbariyati hamda mas'ul xodimlar, viloyat ichki ishlar organlari safida xizmat qilayotgan 400 nafardan ortiq xotin-qizlar, faxriy ayollar, bir guruh san'at vakillari hamda mehmonlar ishtirok etishdi.

Marosimni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik Tasbaev Azat Damirovich kirish so'zi bilan ochib,  shaxsiy tarkibda yigitlar qatorida elkama-elka bir safda turib xizmat qilayotgan viloyat IIO xotin-qizlarini, ular orqali yutimizdagi barcha ayollarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Mashaqqatli shu bilan birga sharafli kasblarida ulkan zafarlar yor bo'lishini tilab, yana bir bor ayyom bilan qutladi. Shundan so'ng, Ichki ishlar vazirining bayram tabrigi o'qib eshittirilib, Ichki ishlar organlaridagi samarali mehnati, sog'lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo'shganligi hamda xotin-qizlar kuni munosabati bilan 10 nafar xodimalar IIV va viloyat IIB tomonidan mukofotlandi.  Bayram munosabati bilan tashkil etilgan musobaqa g'oliblari ham boshqarma boshlig'ining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, tantana munosabati bilan, 400 nafardan ortiq ayollar o'z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgani, o'zlariga yuklatilgan vazifalariga vijdonan yondashganliklari uchun viloyat IIB boshlig'ining buyrug'iga asosan pul mukofoti bilan rag'batlantirildi.

Tadbirning badiiy qismida IIV orkestri va poytaxtdan tashrif buyurgan mehmon san'atkorlar hamda viloyatning ko'zga ko'ringan xonandalari tomonidan kuylangan kuy qo'shiqlar kechaga o'zgacha fayz  va kayfiyat ulashdi. Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan bayram dasturi va maxsus video rolik yig'ilganlarda o'zgacha taassurot qoldirdi.

Shu kuni barcha ayollar o'zlariga ko'rsatilgan e'tibor va e'tirofdan mamnun bo'lishdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага