22 Fevral 2021 240

O'qotar qurolini ixtiyoriy ravishda topshirish javobgarlikdan ozod etadi

Poytaxtda IIBB, prokuratura, DXX va Milliy gvardiyaning Toshkent shahri bo'yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan hokimlik va boshqa idoralarning faol ishtirokida o'tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida 5 fevral` kunidan 19 fevralga qadar: giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasi bilan bog'liq 36 ta jinoyat faktlari aniqlanib, 1266 grammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi; 231 ta pichoq, kastet, bita va boshqa xavfli buyumlar topilib olib qo'yildi, shuningdek jinoyat sodir etganliklari uchun qidiruvga e'lon qilingan 13 ta shaxslar qo'lga olindi. Bundan tashqari, o'qotar qurol va aslahalarni noqonuniy saqlash bilan bog'liq 5 ta fakt aniqlandi.

eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko'ra, o'qotar qurollarni o'z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi (248 modda “Qurol, o'q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish”, 3 qism).

Masalan. O'tkazilgan “Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbirlari davomida uch nafar fuqaro ichki ishlar organlariga o'z ixtiyorlari bilan murojaat qilib, o'qotar qurollarini topshirdilar. Har bir holatda qurollar ov miltiqlari bo'lib, fuqarolarning ota-bobolariga tegishli bo'lgan. Qurollarni o'z ixtiyorlari bilan topshirgan uchala fuqarolar ham jinoiy javobgarlikdan ozod etildilar.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага