27 Yanvar 2020 1107

O'z kasbi bilan faxrlanadigan yosh xodimlardan biri

Termiz shahridagi turizm namoyish ob'ekti hisoblangan Arxeologiya muzeyi hududida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha xizmat olib borayotgan katta serjant A.Tagirovning xizmat o'tash jarayonini kuzatar ekanmiz, u o'zining xizmatini boshlashdan oldin ob'ektga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy turistlarning xavfsizligini ta'minlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, ob'ektning tozaligi va boshqa masalalarda muzey xodimlari bilan suhbat o'tkazib, ularga tegishli topshiriqlarni berishdan boshlaydi. 

«Men o'z kasbim bilan faxrlanaman hamda mahalliy va xorijiy turistlar bilan xushmuomalada bo'lish - mening asosiy shiorim” deydi suhbatda Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi inpektori katta serjant A.Tagirov.

SHuningdek, xizmatni o'tash jarayonida katta serjant A.Tagirov ob'ektga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar bilan ingliz va rus tillarida hushkayfiyatlik bilan bemalol suhbatlashishi natijasida diyorimizning boy tarixi va o'tmishi haqida xorijiy sayyohlarga qiziqarli tarzda ma'lumotlar berishi ularning hayrati va mamlakatimizga bo'lgan qiziqishini ortishiga o'z hissasini qo'shmoqda.

SHu bilan birga, muzeyga tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan unutib qoldirilgan yoki yo'qotilgan narsa va buyumlarni qidirib topish bo'yicha katta serjant A.Tagirov tomonidan chora-tadbirlarni samarali tashkil etishi natijasida egalariga to'liq holda qaytarilmoqda va sayyohlar tomonidan katta minnatdorchilik bildirilmoqda.

Viloyatimizga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligi ta'minlanishi va ularning mamlakatimizga bo'lgan qiziqishini ortishida Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlarining xizmati alohida e'tirofga sazovor.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага