12 Dekabr 2020 1444

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillarining Evropa Ittifoqining “LEICA” dasturi ekspertlari delegatsiyasi bilan uchrashuvi

2020 yil 11 dekabr` kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi IIV vakillari bilan Evropa Ittifoqining “LEICA” dasturi ekspertlari delegatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari e.e. Marupov, IIV TvaeQKBB bo'limi boshlig'i A.M. Mirxodjaev va TvaeQKBB IIV etakchi mutaxassisi T.U. Ataniyazov Evropa Ittifoqining “LEICA” dastur delegatsiyasi tomonidan - loyiha direktori J.Ribo-Geyyar, loyiha koordinatori G.Beridze, bosh ekspert V. Korotenko va Evropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi dastur menejeri A. Liamine Salvan`i ishtirok etdi.

Uchrashuv jarayonida ekspertlar tomonidan “LEICA” dasturi loyihasi yuzasidan taqdimot o'tkazilib, uning asosiy maqsadi sifatida Markaziy Osiyo davlatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarining milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash salohiyatini oshirishga qaratilganligi ta'kidlab o'tildi.

Shundan so'ng mazkur loyiha direktori J.Ribo-Geyyar ushbu dastur bugungi kunda boshlang'ich bosqichda ekanligini bildirib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o'rnatish, shu bilan birga dastur loyihasining ustuvor yo'nalishlari to'rt bosqichdan iboratligi va 4 yilga mo'ljallanganligini ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida IIV vakillari va Evropa Ittifoqi ekspertlari o'rtasida “LEICA” dasturi doirasidagi hamkorlikni amalga oshirishning istiqbolli masalalari hamda natijalari muhokama qilindi.

IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага