3 Iyun 2021 219

O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 iyun` kuni Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari kuni kecha Nur-Sulton shahrida o'tgan ikki mamlakat Bosh vazirlari uchrashuvining samarali natijalarini yuksak baholadilar.

Savdo va logistika, sanoat kooperatsiyasi sohalarida, zamonaviy transport kommunikatsiyalari va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha ustuvor loyihalarni ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, Prezidentlar parlamentlararo almashinuv kengayib borayotgani hamda ayni kunlarda Toshkent shahrida Senat rahbarlari darajasidagi qo'shma komissiyaning birinchi yig'ilishi o'tkazilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Etakchilar Markaziy Osiyoda do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Afg'onistondagi vaziyatni tinch yo'l bilan hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, bo'lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko'rib chiqildi.

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага