12 Noyabr 2020
160
Pop tumanida avtomobillar to'qnashuvi oqibatida yo'lovchi halok bo'ldi
10 noyabr` kuni soat 04:30 larda "Toshkent-O'sh" yo'lining 269-km.da "Isuzu" avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo'nalishda o'zidan oldinda harakatlanib ketayotgan "DAF" transport vositasining orqa tomoniga borib urilgan.
Natijada, "Isuzu" avtomashinasida bo'lgan yo'lovchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo'yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati