19 Noyabr 2020 227

Pop tumanida sodir bo'lgan YTH oqibatida haydovchining otasi vafot etdi

15 noyabr` kuni soat 04:00 larda, Pungon-Namangan yo'lining 33-km.da "Lasetti" avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo'nalishda o'zidan oldinda yo'lning o'ng tomon qatnov qismida to'xtab turgan "Damas" avtomashinasini orqa tomoniga urilgan.

Natijada, "Damas" avtomashinasida bo'lgan haydovchining otasi tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo'yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan 15 noyabr` kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага