7 Mart 2021 76

Poytaxtimiz ahliga tuhfa

Ayol borki – olam munavvar! Yurt ko'rki, oilamiz farishtasi, quvonchu tashvishimizga sherik ham nozik xilqat sohibalaridir. Mehru vafo, ezgulik va matonat timsollarini qancha ulug'lasak, sha'nini madh etsak, shuncha oz. 

Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari poytaxtimiz ahliga chinakam bayramona kayfiyat ulashdilar. Mirzo Ulug'bek tumanining aholi gavjum maskanlarida tashkil etilgan tadbir nuroniy onaxonlar, oqila opa-singillarimiz  uchun kutilmagan tuhfa bo'ldi.

Orkestr ijrosida yangragan “O'zbekiston val`si”, “Namanganning olmasi”, “Yallama yorim”, “Chamanda gul”, “Jamalagi tillo”, “Lazgi” navolari, samimiy tilaklaru anvoyi gullar yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch bag'ishladi. Tadbir bahonasida xalqimizning umrboqiy fazilati va qadriyati yana bir bor ko'kka bo'y cho'zdi. Zero, ayol baxtli bo'lsa, oila va jamiyat ham albatta baxtli bo'ladi, deya shunga aytasalar kerak...

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага