26 Yanvar 2020 1222

Prezident murojaatnomasi: Turistlar oqimini 12 millionga etkazish vazifasi ijroda

Mamlakatmizda keyingi yillarda yuz berayotgan mislsiz yangilanishlar jarayonida Surxondaryo viloyati o'zining boy tarixiy obidalari, go'zal va betakror tabiat manzaralari, shifobaxsh suvlari va so'lim go'shalari bilan dunyo sayyohlarini o'z bag'riga chorlamoqda.

Bunday ulkan o'zgarishlar asnosida jahonning turli hududlaridan kelayotgan mehmonlar uchun turizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulayliklarni yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratilayotir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini o'z vaqtida va yuqori darajada ta'minlash orqali 2020 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan turistlar soni 7,5 millionga, 2025 yilga borib esa 12 millionga etkazilishi ko'zda tutilgan.

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning

25 yanvar` kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Turizmni rivojlantirish boshqarmasi, shuningdek sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida “Prezident murojaatnomasi: Turistlar oqimini

12 millionga etkazish vazifasi ijroda” mavzusida seminar o'tkazildi.

Ushbu seminarda viloyatdagi barcha mehmonxonalar va turistik firmalar ishtirok etib, ularga viloyatimizga kirish va ichki turizm yuzasidan tashrif buyuradigan sayyohlarning xavfsizligini ta'minlashda o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish, faoliyat samaradorligini oshirishda doimiy ma'lumot almashinuvini yo'lga qo'yish, turistlar bilan bog'liq bo'lgan har xil turdagi ko'ngilsiz holatlarni kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida, mavjud muammolar va kelgusida amalga oshiradigan amaliy chora-tadbirlar xususida ochiq muloqot o'tkazildi.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 13 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlash bo'linmalari tomonidan shartnoma asosida pullik xizmatlar ko'rsatish tartibini belgilash to'g'risida”gi 669-sonli Qarori talablariga ko'ra Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish bo'yicha pullik xizmatlar ko'rsatilishi to'g'risidagi ma'lumotlar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o'tgan ushbu seminarda, mehmonxonalar va turistik firmalar rahbarlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, viloyatimiz aholisiga turistik xizmat ko'rsatish sohasini yanada optimallashtirish yuzasidan berilgan takliflar muhokama qilindi va  ularni amalda bajarish yuzasidan o'zaro kelishuvlar belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага