24 Oktabr 2020 143

Qonliko'l va Mo'ynoq tumanlarida mahallalar faoliyatini takomillashtirishga oid seminar o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig'ining 1-o'rinbosari D.Azizov, O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosarlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020 yil 10 oktyabrdagi 147-sonli "Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish oyligini o'tkazish to'g'risida"gi farmoyishiga asosan o'tkazilayotgan tadbirlar doirasida hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning joriy yil  2 oktyabr` kuni Qoraqalpog'iston Respublikasiga safari davomida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi shahar va tumanlarida mahalla fuqarolar yig'inlari raislari va ularning o'rinbosarlari ishtirokida seminarlar o'tkazilmoqda, joriy yilning 21-22 oktyabr` kunlari Respublikamizning Qonliko'l va Mo'ynoq tumanlarida tashkil etilib, mahalla fuqarolar yig'inlarida yuritilishi lozim hujjatlar yuzasidan tushunchalar berilib, tajriba almashildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi IIV HPBB boshlig'ining 1-o'rinbosarim D.Azizov, O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari, Mo'ynoq tumaniga tashrif davomida hududga xizmat ko'rsatuvchi profilaktika inspektorlarining xizmat sharoitlari o'rganilib, ikki nafar profilaktika inspektorlariga komp`yuter jamlanmasi topshirildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага