30 Avgust 2020 252

Qo'qon shahrida bosqinchilik jinoyatini sodir qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

25 avgust kuni soat 01:30 larda A.A, O'.I. va 16 yoshli voyaga etmagan M.J. ismli shaxslar bir guruh bo'lib, Muqimiy shaharchasi ko'p qavatli uylar orasida joylashgan yo'lak orqali yashash uyiga velosipedda ketayotgan 28 yoshli Ya.D.ni to'xtatib, urib do'pposlab, narxi 2.000.000 so'mlik “Mongoose PRO” rusumli velosipedi hamda narxi 1.500.000 so'mlik “Honor 10 Layt” rusumli uyali telefon apparatini bosqinchilik yo'li bilan qo'lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan A.A., O'.I. va M.J.larga nisbatan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, O'.I.ga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага