7 Mart 2021 115

Qoraqalpog'iston Respublikasida "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Xalqimiz azaldan go'zallik timsoli bo'lgan mo'tabar onalarimiz bilan dilbar qizlarga alohida hurmat ehtirom ko'rsatib kelgan.Joriy yilning 7 mart kuni Nukus shahrining go'zal go'shalaridan birida 8 mart xalqaro Xotin-qizlar bayrami kuniga bag'ishlanib tantanali tadbir bo'lib o'tdi.  

Unda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan  va erkin yollanma xotin-qizlar shuningdek, faxriy onalarimiz  ishtirok etdi. Tadbirda, Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po'lat Bobojonovning 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan soha malikalariga yo'llagan bayram tabrigi o'qib eshittirildi.

Shuningdek, tadbir davomida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, ichki ishlar organlarida erkak xodimlar bilan bir safda yurt tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida munosib hissa qo'shib kelayotgan xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi.

Shundan so'ng, tizimda faoliyat yuritayotgan bir nechta xotin-qizlarga sana munosabati bilan Ichki ishlar vazirliklarining buyruqlari bilan «Faxriy yorliq», «Ko'krak nishonlari» «Qo'l soat» va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda xizmat olib borayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va hamkor tashkilotlarning xotin-qizlariga Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirligining tashakkurnomalari e'lon qilinib, sovg'alar topshirildi.

Tantanali tadbir, Respublika madaniyat xodimlari va vazirlikning Orol yulduzlari ansamblining kontsert dasturi bilan davom etdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага