2 Mart 2021 202

Qo'shtepa tumanida o'g'irlikka qo'l urgan ayol fosh bo'ldi

Qo'shtepa tumani. 24 fevral` kuni "Solijonobod" mahallasi hududida yashovchi M.M. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma'lum shaxs yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi shkaf tortmasida bo'lgan 500 AQSh dollari va 1.800.000 so'm miqdordagi pullarni yashirin ravishda o'g'irlab ketganini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni Q.S. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz. 

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага