5 Aprel 2021 341

Saf ko'rigi o'tkazildi

Ichki ishlar vazirining ko'rsatmasi asosida o'tkazilgan saf ko'rigida Akademiya shaxsiy tarkibining xizmat va jangovar shayligi tekshiruvdan o'tkazildi.

Ko'rik davomida tarkibiy tuzilmalar xodimlari, ofitser, serjant va safdorlar tarkibi, shuningdek tinglovchi hamda kursantlarning hujjatlari, xizmat kiyimidan foydalanish tartibi, zarur anjomlar tekshirildi.

Akademiya Kadrlar bo'limi boshlig'i, podpolkovnik Bobur Dadajonovning aytishicha, doimiy va o'zgaruvchan tarkib o'rtasida o'tkazilayotgan mashg'ulotlar jamoada xizmat intizomini mustahkamlash, jangovar hushyorlikni oshirish hamda kasbiy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага