18 Oktabr 2020 223

Sariosiyo tumanida 3 mln. so'mga "marixuana" sotmoqchi bo'lgan yigit ushlandi

Sariosiyo tumanida yashovchi Ilhom (ismi o'zgartirilgan) oxirgi paytda ancha o'zgarib qoldi. To'satdan sirli uchrashuvlarga chiqadigan, yana hammadan hadiksiraydigan odat chiqardi. Chunki u qonunga xilof bo'lsa-da giyohvandlik moddasi oldi-sotdisi bilan shug'ullana boshlagandi.

Yaqinda Ilhom qo'lidagi mol uchun yangi xaridor topadi. U «marixuana» moddasini 10 dona gururt qutiga yaxshilab joyladi va xaridor bilan kelishilgan joyga, ya'ni bozorga yo'l oldi. Yo'lda ko'chadan o'tgan har kishidan xavfsirasa-da, ammo o'zini ancha xotirjam tutardi. U tumanning «Chosh» mahallasida yashovchi mijoz bilan bozorda ko'rishdi va gururt qutilardagi «mol»ni 3 million so'mga pullayotganda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan qo'lga olindi.

Ko'z ochib yumguncha Ilhomning qo'llari bog'landi. endi u qonun oldida javob berishiga to'g'ri keladi.

Hozirda holat bo'yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага