23 May 2020 191

Saxovatdan ko'ngillar shod

Mamlakatimizda Ramazon oyining savob va ezguliklari bilan uyg'unlashib amalga oshirilayotgan “Saxovat va ko'mak” xalq harakati tadbiri o'zgacha ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik SHuhratjon Satvoldiev viloyatning Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironlari Qunduz Xamdamova va Parda Jovliev hamda e'zoza Bekmurodovaning xonadoniga tashrif buyurib, oilasiga “Saxovat va ko'mak” tadbiri doirasida 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Bundan tashqari, mazkur fuqarolarga gaz plitasi va ballonlari ham olib berildi. “Saxovat va ko'mak” xalq harakati tadbiri doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага