31 Oktabr 2020 230

Shahrisabzda 26 yoshli yigit o'z ixtiyori bilan cho'ntagida bo'lgan o'tkir hidli o'simlik quritmasini topshirgan

Shahrisabz shahrining tarixiy qismida joylashgan “Amir Temur” xiyobonida, 26 yoshli fuqaro N.N. xiyobon hududida shaxsiy himoya niqobini to'g'ri taqmasdan o'tirganligi holati ushbu hududda xizmat olib borayotgan Qashqadaryo viloyati IIB XTTB HPB profilaktika katta inspektori katta leytenant J.esonov tomonidan aniqlanib, uning shaxsiga aniqlik kiritilayotgan vaqtda, o'zining g'ayriodatiy xatti-harakatlari bilan shubha uyg'otganligi bois, uning yonida bo'lgan narsa-buyumlarini ko'zdan kechirish maqsadida, undan noqonuniy va taqiqlangan narsa buyumlar bor bo'lsa, o'z ixtiyori bilan taqdim qilishligi taklif etilgan. Fuqaro N.N. shimining chap tomon old cho'ntagidan, ichiga yashil rangli, o'tkir hidli, maydalangan, o'simlik quritmasi joylangan, bir dona gugurt qutisini o'z ixtiyori bilan taqdim qilgan hamda xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага