1 Iyun 2021 331

Shavkat Mirziyoev g'alla hosilini ko'rdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Angor tumanidagi “Angor Surxon g'ururi” klasterida bo'lib, g'alla va g'o'za rivojini ko'zdan kechirdi.

Ushbu klasterning umumiy er maydoni 11 ming gektardan ziyod. Shuning 4 ming 870 gektarida g'alla etishtirilmoqda. Bu yil Rossiya Federatsiyasidan kasalliklarga chidamli g'alla navlari keltirib ekilgan. Gektariga 80 tsentnerdan hosil olish kutilyapti.

Davlatimiz rahbari kombaynni boshqarib, g'alla o'rdi.

4 ming 656 gektarda paxta qo'shqator ekilgan. Kaliforniya usulida sug'orish natijasida suv sarfini 50 foizga tejashga erishilmoqda.

Prezident soha mutaxassislari bilan suhbatda paxtani qo'shqator usulda ekishni janubiy hududlarda ommalashtirish va bu orqali yuqori hosil olish mumkinligini qayd etdi.

Klasterda sabzavot va dukkakli ekinlar ham etishtiriladi.

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага