4 Mart 2021
231
"Shirin" yolg'on
Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga 30 yoshli Maratbek J. murojaat qilib, 2014 yilning avgust oyida tanishi 44 yoshli Xojiakbar U. uning ishonchiga kirib unga Xorazm viloyatidan Toshkentga shakar olib kirib pul ishlashni taklif qilgan.
Buning uchun Xojiakbar undan shakar uchun 53.000.000 so'm olib, pullarni o'z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (“Firibgarlik”) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati