8 Mart 2021 108

Shodiyonadan dillar nurafshon bo'ldi

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlari qo'mondonligida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda qo'shin qo'mondoni, polkovnik Sh.Xudaynazarov qo'shinlarda xizmat qilayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirining tabrigi o'qib eshittirilib, bir qator ayol harbiy xizmatchilar I-III darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun» ko'krak nishonlari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bayram munosabati bilan qo'shinlarda xizmat qilayotgan xotin-qizlar o'rtasida turli sport o'yinlari o'tkazildi. Yuqori o'rinlarni egallagan harbiy xizmatchilar sovg'alar bilan taqdirlandi. Tadbirda harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qo'shiqlar va harbiy xizmatchilar tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar bayram ruhiga yanada ko'tarinkilik bag'ishladi.

Foziljon Mamasharipov, «Postda» muxbiri.

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага