7 Mart 2021 73

Surxondaryo viloyatida ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlarga bayram tadbiri uyushtirildi

Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go'zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo'lmaydi. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barakot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo''tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kunida biz ana shu xilqat egalariga alohida hurmat-ehtirom ko'rsatamiz.  

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar tizimlarida xizmat qiluvchi barcha ayol xodimlar, ishchi xizmatchilar, nafaqadagi faxriylar, xizmat vaqtida halok bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila a'zolari uchun  ham 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 

Termiz shahridagi "Grand almaz"  bazmgohida bo'lib o'tgan tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik Abduvohid Ismoilov ishtirok etib, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ichki ishlar tizimlarida samarali xizmat qilayotgan ayol xodimalari, ishchi xizmatchilari, faxriylar, xizmat vaqtida halok bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila a'zolariga yo'llagan bayram tabrigini o'qib eshittirdi.

Shundan so'ng, IIB boshlig'i tadbirga yig'ilgan barcha ayollarimizni bayram bilan tabrikladi va ularga bayram sovg'alarini ulashdi.

Shuningdek,  huquq-tartibot idoralarida xizmat qilib kelayotgan ayollar o'rtasida o'tkazilgan sport musobaqasida mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritgan IIB sport jamoasi  taqdirlandi.Xushovoz xonandalar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar bayram ishtirokchilari qalbini xursandchilik ulashdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага