7 Mart 2021 180

Toshkent viloyatida «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan tantanali bayram dasturi tashkil etildi

Bugun, Toshkent viloyati IIBB rahbariyati boshchiligida «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan tantanali bayram dasturi bo'lib o'tdi.

Tadbirda IIBB rahbariyati va mas'ul xodimlar, viloyat ichki ishlar organlari safida xizmat qilayotgan 600 nafardan ortiq xotin-qizlar, xizmat vaqtida fojiali halok bo'lgan xodimlarning yaqinlari, bir guruh san'at vakillari va mehmonlar ishtirok etdi.

Marosimda Bosh boshqarma boshlig'ining o'rinbosari polkovnik Dilmurod Xudjaqulov shaxsiy tarkibda yigitlar qatorida elkama-elka bir safda turib xizmat qilayotgan viloyat IIO xotin-qizlarini, ular orqali yutimizdagi barcha ayollarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Ularga sog'liq salomat, mashaqqatli shu bilan birga sharafli kasblarida ulkan zafarlar yor bo'lishini tilab, yana bir bor ayyom bilan qutladi.

Shuningdek, tantanada ichki ishlar organlaridagi samarali mehnati, sog'lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo'shganligi hamda xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlar IIV va viloyat IIBB tomonidan mukofotlandi.

Shuningdek, tantana munosabati bilan, o'z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashganliklari uchun viloyat IIBB boshlig'ining buyrug'i bilan 600 nafardan ortiq ayol xodimlarning har biri pul mukofoti bilan rag'batlantirildilar.

Tadbir davomida polkovnik Dilmurod Xudjaqulov IIOda xizmat qilib, vatani, xalqi uchun jon fido qilgan, xizmat vaqtida fojiali vafot etgan xodimlarning yaqinlarini bayram bilan alohida qutladi va esdalik sovg'alarni topshirdi. Ular bilan suhbat davomida mard o'g'lonlar nomi barhayotligi, muhimi ularning jasorati bugungi kuning tinchlik osoyishtaligini ta'minlaganligi yodga olindi.

Tadbirning badiiy qismida IIV orkestri va tashrif buyurgan mehmon san'atkorlarning kuy qo'shiqlari tantanani yanada bezab, haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага