9 Yanvar 2020 1523

Turistlarga yana bir qulaylik yaratildi

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tomonidan turizm namoyishi va infratuzilmasi ob'ektlari hududida chet el va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta'minlash bilan birga ularga qo'shimcha qulayliklar yaratish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tashrif buyurgan turistlar uchun internet orqali Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi haqida yanada ko'proq ma'lumot berish, ular tomonidan zarur hollarda boshqarmaga murojaat qilinishini ta'minlash maqsadida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi joylashgan ma'muriy bino, aloqa telefon raqamlari, manzili, ish vaqti va boshqa ma'lumotlar “Facebook”dagi rasmiy sahifada “Google maps” ilovasi orqali joylashtirildi.

endilikda, Surxondaryo viloyatiga kelgan chet el va mahalliy sayyohlar Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlarini bevosita, ya'ni gid-tarjimonlar va mahalliy aholi yordamisiz internet tarmog'idagi “Google maps” elektron xaritasidagi ma'lumotlar yordamida topishlari va murojaat qilishlari mumkin.

SHuningdek, mamlakatimizning turistik jozibadorligi va buyuk o'tmishi haqida xabardor qilib borish, tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sohaga oid eng oxirgi normativ-huquqiy hujjatlar hamda Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlarining kundalik ish va xizmat faoliyatlari haqida turistlar tomonidan bildirilgan fikrlar to'g'risida ma'lumot berib borish maqsadida “Facebook” ijtimoiy tarmog'i va “Telegram” messenjerida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining sahifasi va kanali ochilgan bo'lib, unga doimiy ravishda yangilangan ma'lumotlar kiritib borilmoqda.

Bundan ko'zlangan maqsad chet el va mahalliy sayyohlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotga kirishish orqali yordamga muhtoj sayyohlarga tezkorlik bilan amaliy yordam ko'rsatishni ta'minlash va bu orqali ularda yurtimiz to'g'risida ijobiy fikrlar shakllanishiga erishishdir.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага