21 May 2020 224

Turkmaniston Respublikasida 61 nafar yurtimiz fuqarolari amnistiya aktiga asosan ozod qilindi

Turkmaniston Respublikasida joylashgan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o'tayotgan 61 nafar O'zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatda e'lon qilingan amnistiya aktiga asosan ozodlikka chiqarilib, yurtimizga qaytarildi. 

Ozod etilganlarning 59 nafari erkak va 2 nafari ayollar bo'lib, 1 nafardan Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan, 2 nafari Buxoro, 3 nafari Toshkent, 5 nafari Qashqadaryo, 25 nafari Xorazm viloyati va 24 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida yashovchi fuqarolardir. 

Ular karantin tartib-qoidalariga to'liq rioya etilgan holda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Bojxona chegara posti orqali Respublika hududiga kiritilib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14 kunlik maxsus karantin saqlash joyiga joylashtirildi.

Ular orasidan O'zbekiston Respublikasi hududida qidiruvda bo'lgan 5 nafar shaxslarning 3 nafari Xorazm viloyati va 2 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida yashovchi fuqarolar. 2 nafar shaxslar maxsus konvoy avtomashinasi orqali yashash joyi - Qoraqalpog'iston Respublikasiga jo'natildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага