1 Iyul 2020 365

Uchko'prik tumanida o'zganing omborxonasidan “GAZ-53” rusumli avtomashinaning ehtiyot qismlarini o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi

19 iyun` kuni Zakovat ko'chasida yashovchi A.O. IIBga murojaat qilib, 17 iyun` kunidan 18 iyun` kuniga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida, noma'lum shaxs yashash xonadoni oldidagi omborxonaga g'ayriqonuniy ravishda kirib, omborxonasida bo'lgan “Gaz-53” rusumli avtomashinasining narxi 4.900.000 so'mlik 2 dona radiator va 8 dona ressor ehtiyot qismlarini o'g'irlab ketganini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko'prik tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni N.J. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o'tadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага