13 Noyabr 2020 147

Uchqo'rg'onda yo'l-transport hodisasi o'lim bilan yakun topdi

Joriy yilning 8 noyabr` kuni soat 17:00 larda, Uchqo'rg'on tumani "Uchqo'rg'on-Bo'ston" yo'lining 7 km.da "Neksiya" rusumli avtomashinani ishonch qog'ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchini urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan Uchqo'rg'on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага