27 Noyabr 2020 131

Xatirchi tumanida mast haydovchi sodir etgan to'qnashuvdan yo'lovchi jabr ko'rdi

5 noyabr` kuni Xatirchi tumani, “Guliston” MFY hududidan o'tgan 4P-56 avtomobil yo'lining 16-kilometrida “Langar-Oqtosh” yo'nalishi bo'yicha “Lasetti” rusumli avtomashinada harakatlanib kelayotgan – 1990 yilda tug'ilgan, Xatirchi tumani “Maydonsoy” MFYda yashovchi G'.R. boshqaruvni yo'qotib qo'yib, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi – 1968 yilda tug'ilgan, Xatirchi tumani “Oqoltin” MFYda yashovchi e.e. bilan to'liq to'qnashuv sodir etgan. Natijada, “Damas” rusumli avtomashina yo'lovchisi bo'lgan – 1980 yilda tug'ilgan, Xatirchi tumani “Paraxun” MFYda istiqomat qiluvchi N.Z. “bosh miya yopiq shikastlanishi, bosh miya lat eyishi, chap boldir suyagi sinishi” kabi tan jarohatlari olib, tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hodisaning kelib chiqish sabablari o'rganilganda, haydovchi G'.R. yo'lda harakatlanish davomida mast holda, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz, quvib o'tish qoidalarini buzib, muvozanatni saqlay olmagan va qarama-qarshi yo'nalishga chiqib ketganligi o'z isbotini topdi.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan qoidabuzar G'.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati IIB YHXB Matbuot guruhi

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага