9 Yanvar 2020 1419

Xitoyning CHjenchjou shahri Jamoat xavfsizligi boshqarmasi delegatsiyasi Samarqandda

Joriy yilning 8 yanvar` kuni O'zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi CHjenchjou shahrining Jamoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig'ining 1-o'rinbosari CHjan SHutszyun` boshchiligidagi delegatsiyani Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati kutib olib, ularni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining faoliyati bilan tanishtirdi.

Ushbu tashrif davomida bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida, aynan Samarqand viloyatida Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida axborotlar almashib, kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar borasida tajriba almashuvini yo'lga qo'yish kelishib olindi.

SHu bilan birga, “Xavfsiz shahar” hamda “Xavfsiz turizm” kontseptsiyasi bo'yicha Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida barpo etilgan IT-texnologiyalari talablariga javob beradigan innovatsion “Situatsion markazi”ning imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirilganda, delegatsiya rahbariga O'zbekiston Respublikasida huquqbuzarlikning barvaqt profilaktikasi yo'nalishida olib borayotgan ishlar ma'qul kelib, kelgusida o'zlarining amaliyotida tadbiq etishlarini ta'kidlab o'tdi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага