7 Mart 2021 124

Xorazm viloyatida "8 mart – Xotin qizlar kuni" bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi

Jamiyatning barcha sohalaridagi kabi huquq-tartibot organlarida xizmat qiluvchi xotin-qizlar soni ortib borayotgani quvonarli holdir.

Shu bilan birgalikda xotin-qizlar uchun munosib ish sharoitini yaratish hamda ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishga ham katta e'tibor qaratilmoqda desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Urganch shahridagi tantanalar majmuasida "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan uyushtirilgan bayram kechasiga Xorazm viloyati ichki ishlar organlari va prokuratura tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar va sohaning faxriy ayollari hamda xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo'lgan xodimlarning oila a'zolari taklif etildi.

Bayram tantanasida Xorazm viloyati IIB boshlig'i general-mayor D.A.Nazarmuhamedov va viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi B.B.Qudratxo'jaev so'zga chiqib, ishtirokchilarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.

Shuningdek sana munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug'i asosan taqdirlangan bir guruh xodimalarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, xizmatda yuqori ko'rsatkichlarga erishib kelayotgan xotin-qizlarning onalari ham bayram kechasiga taklif etildi va ularga farzandini namunali tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirilib, bayram sovg'alari topshirildi.

San'atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar va jozibador raqslar bayram tantanasiga o'zgacha zavq baxsh etdi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага